Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradona o‘z qizi hibsga olinishini istamoqda
Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diyego Maradonaning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Matias Morla mijozi o‘zining qizlaridan biri hibsga olinishini xohlayotgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda UOL xabar bermoqda.
Oktyabr oyida Maradona o‘zining ikki qizi Dalma va Janinnani sudga bermoqchi ekani haqidagi ma'lumot paydo bo‘lgandi. Ular go‘yoki uning bank hisob raqamlaridan taxminan 1,61 mln. yevro o‘g‘irlashib, pullarni Urugvay bankiga o‘tkazib yuborishgan. Diyegoning fikricha, qizlarining xatti-harakati ortida sobiq rafiqasi – Klaudiya Vilyafane turgan bo‘lishi mumkin.
2015 yilda Diyego sobiq rafiqasini o‘z bank hisob raqamidan taxminan 7,5 mln. yevroni o‘g‘irlaganlikda ayblagandi.
«Urugvayda bizda Janinna bank hisob raqamlari bilan amaliyotlar o‘tkazgani bo‘yicha aniq dalillar paydo bo‘ldi. Biz uning hibsga olinishini xohlamoqdamiz», - deya xabar bergan advokat.
Sportchining qizi Janinna esa ehtimoliy hibsga olinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga tvitterdagi sahifasida izoh berdi: «Men uning eng yomon narsalarini kechirganman, hamda bugun ham shuni qilaman. Bizning o‘rtamizda katta masofa bor, biroq men unga mehrimni yo‘llayman hamda undan minnatdor ekanligimni aytmoqchiman, sababi uning yordami bilan hayotda o‘z o‘rnimni topdim».
Mavzuga oid
18:44 / 29.10.2025
Argentina banki Maradona goli tasvirlangan tangani chiqardi
22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi
21:12 / 06.01.2024
Italiya sudi Maradonadan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ayblovini olib tashladi
01:43 / 30.12.2022