Jahon | 19:21 / 25.11.2017
7930
2 daqiqa o‘qiladi

Misr prezidenti terakt sababli Ummonga safarini bekor qildi

Foto: AFP 2017 / Alain Jocard

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy Sinay yarimorolidagi terakt sababli Ummonga rasmiy safarini keyingi qoldirdi. As-Sisiyning safari 26 noyabrdan boshlanishi kerak edi. Bu haqda Misrning “Al-Ahrom” gazetasi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. Ma'lum qilinishicha, safar keyinroq amalga oshiriladi.  

25 noyabrda Misr prezidenti Ar-Raud masjidida halok bo‘lganlar xotirasiga yodgorlik barpo etish va uch kunlik motam e'lon qilishga ko‘rsatma bergan. 

24 noyabrda harbiy kiyimda bo‘lgan terrorchilar Shimoliy Sinay viloyatidagi eng yirik masjid hisoblangan Ar-Raud yoniga 5 ta jipda kelib, masjidda juma namoz vaqtida portlash sodir etishgan, so‘ngra masjiddan sarosimada yugurib chiqayotgan odamlarni o‘qqa tutishgan. Bosqinchilar 25-30 kishi bo‘lgan. Masjidda bu vaqtda 500 ga yaqin namozxon bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, terrorchilarda IShIDning qora bayroqlari bo‘lgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 300 dan ko‘proq kishi halok bo‘lgan, 130 kishi jarohatlangan. 

Mavzuga oid