Pokiston poytaxtidagi tartibsizliklar davomida 200 dan ko‘proq odam jarohat oldi
Pokiston poytaxti Islomobodda politsiya tomondan diniy faollarni tarqatish operatsiyasida kamida 200 kishi jarohat oldi. Bu haqda Geo TV xabar bermoqda.
Islomobodda joriy hafta davomida ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tmoqda. Bunga hukumatning saylov haqidagi qonunga tuzatishlari sabab bo‘lgan. Bu radikal kayfiyatdagi musulmonlarda norozilik uyg‘otgan. 25 noyabrga o‘tar kechasi hukumatning faollarga ultimatumi muddati o‘z poyoniga yetgan. Unga ko‘ra, faollar noroziliklarni bas qilishlari kerak edi. 25 noyabr ertalabdan politsiya namoyishchilarni kuch bilan tarqata boshlagan.
Telekanalning ta'kidlashicha, jarohat olganlardan 90 nafarini politsiya va maxsus bo‘linmalar jangchilari tashkil qilgan.
Geo TV ma'lumotlariga ko‘ra, Islomobodda vaziyat avvalgidek keskin qolmoqda. Bundan tashqari, Islomoboddagi kuch operatsiyasidan keyin diniy faollar qo‘llab-quvvatlanayotgan namoyishlar mamlakatning qolgan yirik shaharlarida ham boshlangan.
Jumladan, hozirda norozilik namoyishlari Karachi, Lahor, Kvettada va Panjob viloyatining Sambrial aholi punktida va Sialkot tumanida bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
21:39 / 08.11.2024