O‘zbekiston | 16:05 / 25.11.2017
10293
1 daqiqa o‘qiladi

Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertizalar kimning qarori asosida o‘tkaziladi? 

Foto: iStock

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 1-bandiga o‘zgartirish kiritildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2011 yil 25 iyuldagi 227-son (2011 yil 28 avgust) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“1. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertizalar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qarori, sud ajrimi (sudya qarori) asosida o‘tkaziladi”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid