Turkiyada öldirilgan Sayyora Ergaşaliyeva hamda Durdona Hakimova yaqin dugona bölişgan. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi xabar berdi.

Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlaridan olingan dastlabki ma’lumotlarga köra, Durdona Hakimovaning ölimi bilan boğliq hodisadan söng bedarak yöqolgan deb topilgan fuqaro – 1994 yilda Namangan viloyatida tuğilgan Sayyora Ergaşaliyeva vafot etgani aniqlangan.

Ma’lum qilinişiça, Sayyora Ergaşaliyeva marhuma Durdona Hakimovaning yaqin dugonasi bölgan. Tergov jarayonida gumonlanuvçilar Sayyora Ergaşaliyeva yuzasidan körsatma berişdan boş tortganliklari qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, joriy yil 22 yanvar kuni marhumalar hamda gumonlanuvçilar Istanbul şahrining Fotih tumanida joylaşgan restoranda birgalikda tuşlik qilgan. Uçraşuv davomida Sayyora Ergaşaliyeva va G.K. örtasida kelişmovçilik yuzaga kelgan. Taxminlarga köra, mojaro Sayyora Ergaşaliyevaning Özbekistonga qaytiş niyati bilan boğliq masalada kelib çiqqan.

23 yanvar kuni T.D. va K.G. özaro til biriktirib, Sayyora Ergaşaliyevani avval piçoq bilan öldirişgan, söngra tanani bölaklagan holda Fotih tumanidagi çiqindi qutilariga taşlaşgan.

24 yanvar kuni qotillar Sayyora Ergaşaliyevaning telefonidan Durdona Hakimovaga xabar yuborib, uni çaqirib olişgan. Söngra uni ham Ergaşaliyeva singari piçoq bilan öldirib, tanasini bir neçta qismlarga bölgan holda Şişli tumanidagi çiqindi qutilariga taşlaşgan.

“Sayyora Ergaşaliyevaning jasadi topilganligi haqida OAVda ma’lumot tarqaldi. Biroq Istanbul Sud tibbiy ekspertizasiga hozirça jasad olib kelinmadi. Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi mazkur holatni doimiy nazoratga olgan bölib, Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari bilan yaqin hamkorlikda iş olib bormoqda”, deyiladi Boş konsulxona xabarida.

Qayd etilişiça, tergov harakatlari davom etmoqda. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş böyiça ehtiyot çora qöllangan va ular aybiga iqror bölişgan, hujjatlar sudga taqdim qilingan. Qöşimça ma’lumotlar aniqlaştirilişi bilan jamoatçilik xabardor qilinişi bildirilgan.

Avvalroq Istanbulda Durdona Hakimova bilan birga yana bir ayol – Sayyora Ergaşaliyeva öldirilgani aniqlangan edi