16:51 / 26.11.2017
24215

AQSh tarixidagi eng uzoq umr ko‘ruvchi prezident nomi e'lon qilindi

Foto: AP

AQShning sobiq prezidenti to‘ng‘ich Jorj Bush mamlakat tarixidagi eng uzoq umr ko‘ruvchi sobiq davlat rahbari sifatida e'tirof etildi. Washington Times shu haqida xabar berdi.

Yakshanba kuni sobiq Amerika rahbarining yoshi 93 yilu 167 kunni tashkil qildi va bu avvalgi rekordchi, AQShning 38-prezidenti Jyerald Forddan ikki kunga ko‘p demakdir. 1974-1977 yillarda mamlakatni boshqargan siyosatchi 2006 yilning 26 dekabrida, 93 yoshu 165 kunligida hayotdan ko‘z yumgan. 

Jorj Gerbert Uoker Bush 1924 yilning 12 iyunida Massachusets shtatining Milton shaharchasida dunyoga kelgan. U 1989-1993 yillarda AQSh prezidenti bo‘lgan. 2006 yilda, AQShning 38-prezidenti Jyerri Forddan keyin to‘ng‘ich Bush hozirda hayot bo‘lgan AQSh prezidentlarining eng keksasi bo‘lib qoldi. U hozirda hayot bo‘lgan AQShning 39-prezidenti Jimmi Karterdan to‘rt oylik katta. 

Mavzuga oid
Top