Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bild: Germaniyada Afg‘onistondan kelgan maktub sabab bir necha kishi jabrlandi
Germaniyaning Xemer shahrida ichida noma'lum modda bo‘lgan maktub sababli politsiya bo‘limidan odamlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Bild nashrining ma'lum qilishicha, konvert ochilgandan keyin 5 kishi, jumladan 3 nafar politsiyachi ko‘ngil aynish va bosh aylanishdan shikoyat qila boshlashgan.
Politsiya bo‘limiga maktubni bir ayol olib kelgan. Maktub uning nomiga Afg‘onistondan jo‘natilgan bo‘lgan. Ayol politsiyachilarga uning Afg‘onistonda yaqinlari yoki tanishlari yo‘qligini va bundan taajjubdaligini aytgan. Politsiyachilardan biri maktubni ochgandan keyin, o‘sha vaqtda voqea joyida bo‘lgan odamlar o‘zlarini yomon his qila boshlashgan. Ularga joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ayni vaqtda mutaxassislar maktubni ko‘zdan kechirishmoqda. Hozircha maktub ichida qanday modda bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda. Politsiya, shuningdek, maktub nima uchun aynan uni olib kelgan ayolga jo‘natilganini tekshirishmoqda.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026