Ko‘chib o‘tgan oilalarga 70 ming dollar to‘lanuvchi Shveytsariya qishlog‘i suratlarda
Atrofdagi muhit o‘zgarishini istayapsizmi? Shveytsariyaning ajoyib Kanton-Validagi kichik Albinen manzarali qishlog‘i bu chekka hududga ko‘chib o‘tish istagida bo‘lganlarga yirik pullar taklif qilmoqda. Gerhard Mathieu ajoyib Albinenning video va suratlari bilan bo‘lishdi.
Albinen - Alp manzarali tinch, sokin shahar. Munitsipalitet rahbari Bit Yostning so‘zlariga ko‘ra, oilalar va yoshlar bu yerlarni tark etmoqda. Mahalliy aholi juda qisqarib ketmoqda - 240 kishi, hatto qishloqdagi maktab ham yopildi, qolgan 7 nafar bola esa eng yaqin shahardagi maktabga qatnashga majbur bo‘lmoqda. Shunday paytlarda badavlat mamlakatdagi kichik qishloq rahbariyati nima qilishi mumkin? Albatta, yangi kishilarni jalb qilishga kirishadi.
Mazkur tashabbus yangi uy qurish yoki sotib olish istagida bo‘lgan 45 yoshgacha bo‘lgan kishilarni jalb qilishga mo‘ljallangan. Har bir katta yoshli kishiga 25 ming dollardan sal ko‘proq pul taklif qilinadi, har bir bola uchun esa - 10 ming dollar.
Shveytsariya tog‘lari orasidagi bu qishloq mahalliy iqtisodiyotni boshlashning yangi dadil usulini namoyish qildi.
Atigi 240 kishidan iborat kichik Albinen hamjamiyati demografik inqirozga yuz tutmoqda.
Qishloqda yuzlab bolalardan atigi 7 nafari qoldi va mahalliy maktab o‘z eshiklarini yopishga majbur bo‘ldi.
Uy sotib olish yoki qurishni istagan oilalar uchun chiroyli takliflar beriladi.
Katta yoshli kishilarga 25 ming dollardan sal ko‘proq pul to‘lanadi, bolalarga esa - 10 ming dollar atrofida.
Bu 4 kishidan iborat oila uchun o‘rtacha 70 ming dollar degani.
Agar farzandlaringiz ko‘p bo‘lsa, undan-da ko‘p pul ishlab olish baxtiga muyassar bo‘lasiz.
Bu Alp manzarali betakror Kanton-Valda yashash uchun ajoyib imkon.
Siz-chi, hamma narsangizni yig‘ishtirib, Albinenda yangi hayot boshlarmidingiz?
Mavzuga oid
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
18:03 / 14.10.2024
Shveytsariyada rekord darajada kuchli lazer yaratildi: u nimaga kerak?
14:50 / 25.09.2024
Shveytsariya parlamenti Golodomorni genotsid deb tan oldi
23:10 / 22.09.2024