Jahon | 00:22 / 26.11.2017
6516
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda masjiddagi terakt qurbonlariga yodgorlik o‘rnatiladigan bo‘ldi

Foto: AFP 2017 / Mohamed El-Shahed

Misrda Sinay yarimorolining shimolidagi Ar-Raud masjidida sodir etilgan terakt qurbonlari xotirasiga yodgorlik barpo etiladigan bo‘ldi. Bu haqda Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiyning tegishli buyrug‘iga iqtibos keltirgan holda Al-Masri Al-Yaum nashri ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, yodgorlikning barpo etilishi muddatlari va joyi keyinroq ma'lum qilinadi.

Misr prezidenti shuningdek vazirlar mahkamasiga qurbonlar oilalariga moddiy kompensatsiya sifatida 11 ming dollardan ajratish topshirig‘ini bergan.

24 noyabrda jangarilar masjidga juma namozi vaqtida hujum qilishdi. Hujum oqibatida oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 305 kishi halok bo‘ldi, 128 kishi jarohat oldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid