Robot millionerga aylandi

Foto: hi-news.ru
Bir yil avval Fastbrick Robotics kompaniyasi o‘zining yangi g‘isht taxlovchi roboti Hadrian X haqidagi videosini namoyish qilgandi. Robotning ishlash tamoyili 3D-printerni yodga soladi, faqat robot maxsus bosmadan chiqaruvchi aralashma o‘rniga g‘ishtlardan foydalanadi va ularni oldindan belgilangan dastur asosida teradi. Robot ancha muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi hamda o‘tgan yili kompaniyaga salmoqli mablag‘ kiritgan buyurtmachilar va sarmoyachilar e'tiborini jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, kompaniya o‘z aksiyalarini birjaga qo‘yib, 35 million dollarga yaqin pul to‘plashning uddasidan chiqdi.
Har biri 0,19 dollarlik jami 184 210 526 aksiya joylandi. Hozir aksiyalar narxi oshmoqda va endi ularning narxi 0,215 dollarni tashkil qilmoqda. Kompaniya o‘z muvaffaqiyatidan mamnun, robotni esa yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, barcha frontlar bo‘ylab ilgari surishda davom etishmoqda. Sotuvlar borasida Caterpillar ko‘mak bermoqda. Bundan tashqari, kompaniya Fastbrick'ga 2 million dollar kiritdi va kelgusida yana 6 million dollar yo‘naltirishga va'da berdi.
G‘isht taxlovchi robot shu qadar samarali bo‘lib chiqdiki, undan Saudiya Arabistonida uylar qurishda foydalanishmoqchi. Qirollik hukumati va kompaniya vakillari o‘rtasidagi dastlabki kelishuvlarga muvofiq, 2022 yilga borib Hadrian X robotlari kamida 50 ming yangi uy qurishi mumkin.
Hozir, kompaniya mablag‘ga ega bo‘lgan bir paytda ishlab chiqaruvchilar mavjud prototiplar sinovlari va takomillashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratishmoqda. Manbaga ko‘ra, robotlar sotuvi 2019 yilda boshlanib, bir robot bahosi 2 million dollar etib belgilangan. Hadrian X'ga inson yordamining deyarli keragi yo‘q. U soatiga 1000 g‘ishtni taxlab, kunu tun ishlay oladi. Bu esa ikki kishilik brigadaning kundalik normasini tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot texnik nosozlik sabab ucholmadi
O‘zbekiston | 14:20
-
«Tramp zerikib qolmasligi» uchun NATO sammit dasturini qisqartirdi
Jahon | 14:15
-
O‘zbekiston va YuNIDO qo‘shma "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 13:45
-
Isroil Eron kassetali o‘q-dorilardan foydalanayotganini ma’lum qildi
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

16:33 / 19.06.2025
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi

10:38 / 12.06.2025
O‘zbekistonlik hojilar 12 iyundan vatanga qaytishni boshlaydi

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

18:13 / 06.06.2025