Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi prezident Qirg‘izistonning asosiy ittifoqchisi qaysi davlatligini ma'lum qildi
Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov TASS agentligiga bergan intervyusida mamlakatning asosiy ittifoqchilari haqida gapirdi.
U dunyoda yildan yilga vaziyat og‘irlashib borayotganini qayd etgan. U buni iqtisodiyotdagi turg‘unlik, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning faollashuvi bilan izohlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, globallashuvning kuchayishi va integratsiya jarayonlari tezlashuvi davlatlararo munosabatlarda ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
«Bu borada Qirg‘iziston ko‘p tomonlama hamkorlik yuritish tarafdori. Biz MDH, ShHT, KXHT, YeII kabi tashkilotlar doirasida hamda ikki tomonlama munosabatlarda hamkorlikni kengaytirib boramiz», — degan Sooronbay Jeenbekov.
«Agar aniq aytadigan bo‘lsam, biz Rossiya bilan - Qirg‘izistonning asosiy strategik ittifoqchisi bilan aloqalarni chuqurlashtirmoqchimiz. Shuningdek, Xitoy ham muhim strategik va savdo-iqtisodiy hamkor bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashimiz kerak. Albatta, biz yevropalik hamkorlarimiz bilan aloqalarni rivojlantirishni davom ettiramiz», — degan u.
Mavzuga oid
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
12:00 / 25.05.2026