Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi qirg‘oqdan 8 kishining jasadi qoldiqlari bo‘lgan qayiq topildi
Yaponiyaning Akita prefekturasi Oga shahri yaqinidagi qirg‘oqdan ichida sakkiz kishining jasadi qoldiqlari bo‘lgan yog‘och qayiq topildi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy sohilni qo‘riqlash xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ba'zi jasadlardan faqat suyaklar qolgan. Ayni damda politsiya kema va odamlarning jasadi qoldiqlari kimga tegishli ekanini aniqlashga urinmoqda.
Sohilni qo‘riqlash xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiya qirg‘oqlariga vaqti-vaqti bilan Shimoliy Koreyaning yog‘och qayiqlari chiqib qoladi, biroq yuqoridagi kema va undagi jasadlar qoldiqlari qayerdan kelib qolgani haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q. Qayiqning o‘zida esa hech qanday belgi bo‘lmagan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026