Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energiya samarador texnologiyalar Toshkent ko‘chalarini yoritishga 2018 yil oxirigacha joriy etiladi
Prezidentning 21.11.2017 yildagi PQ–3399-son qarori bilan Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi «Toshkent shahri ko‘chalarini yoritish tizimida energiyadan samarali foydalaniladigan texnologiyalarni joriy etish» loyihasi muddatlariga tuzatishlar kiritildi.
Norma.uz’ning xabar berishicha, shahar bo‘yicha 1 546 dona elektr ta'minoti shkaflari va 116 083 dona simobli yoritish asboblari almashtiriladi. Ularning o‘rniga nurdiodli yoritgichlar o‘rnatiladi.
Loyiha bo‘yicha pudratchi etib «Toshelectroapparat» MChJ XK tasdiqlangan. U tomondan olib kelinadigan, 1.01.2019 yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) xom ashyo, material va butlovchi buyumlar, asbob-uskunalar, texnologik jihozlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bojxona imtiyozlari prezidentning 28.11.2013 yildagi PQ–2078-son qarori bilan taqdim etilgan.
Mavzuga oid
14:23
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026