Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada Agung vulqoni sababli xavflilikning maksimal darajasi e'lon qilindi
Indoneziya hukumati Bali orolida joylashgan Agung vulqoni faollashgani sababli 27 noyabrda 4 balli shkala bo‘yicha xavflilikning maksimal darajasini o‘rnatdi. Bu haqda tabiiy fojialar oldini olish agentligi feysbukda ma'lum qildi.
Shu sababli vulqonga 8 kmdan, ba'zi joylarda esa 10 kmdan yaqinroqqa borish taqiqlanadi. Ta'kidlanishicha, vulqon kuli ustuni 2 km dan 3,4 kmgacha ko‘tarilgan. Bundan tashqari, vulqonning faolligi kuchli otilish bo‘lishi ehtimoli kattaligidan darak beradi.
Tabiiy fojia yuz berish xavfi sababli bir qator aviakompaniyalar Baliga parvozlarni to‘xtatishgan, bu esa o‘nlab reyslarning bekor qilinishiga olib kelgan.
Ushbu vulqon oxirgi marta 1963 yilda otilgan. O‘shanda buning oqibatida 1,5 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 100 mingga yaqin odam boshpanasiz qolgan. 18 ming oroldan tashkil topgan, dunyodagi eng yirik Indoneziya arxipelagi Tinch okeani Olovli halqasida joylashgan va shu sababli bu yerda tektonik hodisalar kuniga 5-6 marta yuz beradi. Bu yerda 500 dan ko‘proq vulqon bo‘lib, ulardan 127 tasi faol hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026