Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul aeroportida portlashlarni tashkillashtirgan shaxs Gruziyada yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin
Gruziya davlat xavfsizlik xizmati Tbilisidagi maxsus amaliyot davomida Istanbul aeroportidagi portlashlar tashkilotchisi sifatida gumonlangan Ahmad Chatayev yo‘q qilingan bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti. Bu haqda Gruziya Online nashri maxsus xizmat rahbari Vaxtang Gomelauriga tayangan holda xabar bermoqda.
«Bu o‘sha odam bo‘lgani borasida gumon bor, biroq bu Chatayev ekani yoki u emasligiga oid aniq javob DNK-tahlili, ekspertizadan so‘ng ma'lum bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Gomelauri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat xavfsizligi xizmati «yirik ko‘lamli tadbir» rejalashtirilgani haqidagi ma'lumotga ega bo‘lgan. «Aftidan, biz uning oldini oldik», - deya ma'lum qildi maxsus xizmat rahbari. Gomelaurining ta'kidlashicha, ish bo‘yicha tergov ishlarida AQShdan kelgan mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.
Istanbul aeroportida terakt 2016 yilning 28 iyunida yuz bergan. Jangarilar yo‘lovchilarni avtomatlardan o‘qqa tutishgan hamda portlovchi qurilmalarni harakatga keltirishgan. Hujum oqibatida 43 inson halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
14:29 / 03.05.2026