Jahon | 18:35 / 27.11.2017
14759
2 daqiqa o‘qiladi

Sug‘urta puli uchun mashinasini cho‘ktirmoqchi bo‘lgan shaxsning o‘zi cho‘kib ketdi

Foto: South China Morning Post

Xitoyda 39 yoshli erkak o‘zining Jaguar markali avtomobilini cho‘ktirishga urinish chog‘ida o‘zi cho‘kib ketdi. U buni sug‘urta pulini olish maqsadida qilgan, deb xabar bermoqda South China Morning Post.

Ta'kidlanishicha, erkak mashinasi tiklab bo‘lmas darajada zararlansa sug‘urta kompaniyasidan 75 ming dollar olishini bilganidan so‘ng shu ishni qilishga qaror qilgan. Bozorda esa bu mashina 60,6 ming dollarga baholangan.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, xitoylik avtomobilni mobil telefondan boshqariluvchi masofaviy dastur yordamida cho‘ktirgan. Shundan so‘ng u o‘zining 29 yoshli tanishi bilan suvga sakragan. Ularning g‘oyasiga ko‘ra, qiz qirg‘oqqa darhol chiqib olishi, erkak esa – masofadan boshqarish qurilmasini olib tashlash uchun mashinaga suzib borishi lozim bo‘lgan. Qiz qirg‘oqqa chiqib olgach, politsiyani chaqirishi lozim edi.

Natijada erkak qurilmani olish chog‘ida mashinada tiqilib qolgan, hamda hayotdan ko‘z yumgan. Xabar qilinishicha, uning sherigi qandaydir jazoga tortilishi hozircha noma'lum. Sug‘urta kompaniyasi bu holat bo‘yicha hech narsa to‘lamadi.

Mavzuga oid