Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘ldagi kollej talabalari yirik miqdordagi mol-mulkni o‘g‘irladi
2017 yil 8 noyabr kuni noma'lum shaxs Yangiyo‘l shahri fuqarosi o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida fuqaro M.B.ning xonadoniga devordan oshib o‘tgan. U uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, uy yotoqxonasidan umumiy narxi 8.000.000 so‘m bo‘lgan 5 dona ayollar tilla uzuklari, 2 dona erkaklar tilla uzuklari, 1 dona ayollar tilla zanjiri va 390.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab olib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi xabar qilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Joriy yilning 25 noyabr kuni Yangiyo‘l shahar IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat Yangiyo‘l tumanida yashovchi voyaga yetmagan, tuman “Avtotransport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji” 1-bosqich talabalari X.I. va U.F. lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ular daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, kollej talabalari X.I. va U.F. 8 noyabr kuni 2-juftlik o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng 3-juftlik o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan, kollej orqa tomonidagi devordan oshib o‘tgan holda kollejdan chiqib ketib, M.B.ning xonadoniga kelishgan. Xonadon eshigini taqillatganda, uydan hech kim chiqmagani uchun hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilib, devordan oshib o‘tgan holda xonadonga kirishgan va pul, tilla taqinchoq hamda shu kabi qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketishgan.

Hozirda voyaga yetmagan X.I.ning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid
22:36 / 08.01.2026
Yangiyo‘lda go‘shti uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026