Jamiyat | 21:40 / 28.11.2017
5717
1 daqiqa o‘qiladi

Antarktidada 30 darajali sovuqda marafon o‘tkazildi

Foto: vesti.ru

Antarktidada dunyoning eng ayozli va ekstremal marafonlaridan biri bo‘lib o‘tdi. «Rossiya 24» telekanali shu haqida xabar berdi

Marafon janubiy qutbdan atigi bir necha ming kilometr masofada o‘tdi. Ikki aylana Antarktida tadqiqot stansiyalaridan biri atrofida, 42 kilometr esa 30 darajali sovuqda o‘tkazildi. 

Bunday shart-sharoitlarda termolibosni to‘g‘ri tanlash va yuzni to‘sish muhim. Butun masofa davomida tashkilotchilar ekstremallarni maxsus yegulik va suv bilan ta'minlab turishdi. 

Marafon g‘olibi daniyalik sportchi bo‘ldi. Frank Yoxansen 42 kilometr masofani 3 soatu 37 daqiqa va 46 soniyada bosib o‘tdi. Bu Nyu-York, Berlin yoki Bostonda o‘tadigan klassik marafonlar g‘oliblari natijalaridan bir yarim soatga ko‘p demakdir. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid