O‘zbekiston | 18:27 / 28.11.2017
17071
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda yangi qo‘shma korxona ish boshladi

"ASIA STAR" O‘zbek-Xitoy savdo uyi yordami bilan yana bir katta loyiha amalga oshirildi. 2017 yilning 25 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumani, «Tazajol» OFY hududida «VIO LIQUORICE EXTRACT» mas'uliyati cheklangan jamiyati ko‘rinishidagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ochilish marosimida Chimboy tumani hokimi Oserbay Kazakbayev va O‘zbekistondagi bir nechta korxonalar ta'sischisi Sherzod Akbarov ishtirok etdi.  

Bu korxona Xitoy Xalq Respublikasidagi tadbirkorlar tomonidan 1 million 500 ming AQSh dollari miqdorida moliyalashtirilib, qurilish ishlari 2017 yilning aprel oyida boshlangan edi. Qurilish va ishlab chiqarish liniyalarini o‘rnatish ishlari bugungi kunda to‘liq yakunlanib, korxona foydalanish uchun topshirildi. 

Ushbu korxonada bir oyda o‘rtacha 500 tonna qizilmiya ildizini qayta ishlab, foydali xomashyo va mahsulot ko‘rinishiga keltirish yo‘lga qo‘yildi. Korxona ishlab chiqarilgan mahsulotni Xitoy, Hindiston va boshqa chet el davlatlariga sotib, yurtimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan valyuta oqimining ortishi uchun o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bundan tashqari, korxona faoliyati qo‘shimcha 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga sababchi bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid