Putin oilalarga ilk farzand uchun oyiga 10 ming rubldan to‘lashni taklif qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tug‘ilish darajasini rag‘batlantirish maqsadida oilalarga birinchi farzandi tug‘ilgandan keyin har oylik to‘lovlarni joriy qilishni taklif qildi. Putinning aytishicha, bunday to‘lovlar oyiga o‘rtacha 10,5 ming rublni tashkil qiladi va uni bola 1,5 yoshga to‘lguncha olish mumkin bo‘ladi.
Ushbu qiymat bolaga ketadigan eng kam xarajatdan kelib chiqib o‘zgaradi va 2020 yilgacha 11143 rublni tashkil qiladi. Davlat ushbu yangi dasturga uch yil ichida 144,5 mlrd rubl sarflashni rejalashtirmoqda.
Ota-onalar yangi to‘lovni 2018 yil yanvaridan olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, 2- yoki 3-farzand ko‘radigan oilalarga davlat yangi yildan boshlab ipoteka stavkasining yillik 6 foizidan oshuvchi qismini to‘lab beradi.
Putin onalar kapitali dasturini 2021 yil oxirigacha davom ettirishni taklif qilmoqda. Unga muhtoj oilalarga har oylik to‘lovlar olish imkoniyati kiritiladi.
“Bugun biz Rossiya aholisi sonining yaqin 10 yil ichida kamayishiga yo‘l qo‘ymaslikka, vaziyatni barqarorlashtirishga imkon beruvchi chora-tadbirlar majmuasini qabul qilishimiz kerak”, deb aytgan Putin.
Onalar kapitalini to‘lash dasturi 2007 yildan amal qilib keladi. O‘shandan beri oilalarga beriladigan yordam qiymati 250 mingdan 450 ming rublgacha oshgan. Bu pullarni uy joyni yaxshilash, bolalar ta'limi yoki nogiron bolalarning moslashuviga sarflash mumkin. Rostat ma'lumotlariga ko‘ra, 2007 yilda Rossiyada tug‘ilish koeffitsiyenti (bir ayolga bolalar soni) 1,4 ni tashkil qilgan. Bu qiymat 2015 yilda 1,78 gacha ko‘tarilgan, biroq 2016 yilda 1,76 gacha tushib ketgan.
Mavzuga oid
22:03 / 15.11.2024
Shols va Putin ikki yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qildi
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024