Toshkentda “Matiz” piyodani urib yubordi, “Spark” uni bosib o‘tib ketdi
2017 yil 24 noyabr kuni soat 22:50 larda, Yunusobod tumanidagi TXAY ko‘chasida joylashgan “Turon” choyxonasi qarshisida, haydovchi - 1983 yilda tug‘ilgan erkak kishi, “Matiz” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Shundan so‘ng ushbu yo‘nalishda uning ketidan harakatlanib kelayotgan haydovchi - 1995 yilda tug‘ilgan erkak kishi, “Spark” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lda yotgan piyodani bosib o‘tgan. Mazkur yo‘l transport hodisasi natijasida piyoda – 1987 yilda tug‘ilgan erkak kishi olgan tan jarohatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
“Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi jabrlangan piyodaga yordam ko‘rsatmasdan va bu haqda ichki ishlar organlariga xabar bermasdan hodisa joyidan ketib qolgan. Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-antiterror” tadbiri davomida, 2017 yilning 25 noyabr kuni soat 11:00 da, hodisa joyidan ketib qolgan haydovchi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:08 / 08.11.2024
Yunusobodda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi
13:40 / 20.08.2024
Toshkentda qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024