Jahon | 00:25 / 28.11.2017
5884
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yaratiladigan qiruvchi samolyotning ilk parvozi 6 yildan keyingina amalga oshiriladi

Foto: © RIA Novosti / Andrey Stenin

Turkiyada ishlab chiqariladigan 5 avloddagi TF-X qiruvchi samolyotining ilk parvozi 2023 yilga belgilandi, deb ma'lum qildi Turkiya mudofaa vaziri Nuritdin Janikli.

“Loyiha maksimal qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Hech qanday uzilishlar bo‘lmaydi. Asosiy maqsad – Turk Respublikasining 2023 yilda nishonlanadigan 100 yilligiga ilk parvozni amalga oshirish”, deb aytgan Janikli.

Britaniyaning BAE Systems mudofaa kompaniyasi va Turkiyaning Turkish Aerospace Industries (TAI) aerokoinot kompaniyasi yanvarda yangi avloddagi qiruvchi samolyotni yaratish haqidagi bitimni tuzgandilar.

Buyuk Britaniya bosh vaziri idorasi vakilining ma'lum qilishicha, loyiha bo‘yicha hamkorlikning dastlabki bosqichi 100 mln funt sterling miqdordagi sarmoyani ko‘zda tutadi. Biroq 20 yil davom etishi mumkin bo‘lgan keyingi bosqichlar esa bir necha mlrd dollarlab sarmoyalarni talab qiladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid