Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UZMOBILE 5G'ni sinovdan o‘tkazmoqda

Foto:UZMOBILE.UZ
"O‘zbektelekom" kompaniyasi filiali - O‘zbekistonning UZMOBILE milliy mobil operatori va mobil Internet sohasining yirik o‘yinchisi ZTE Corporation Toshkent shahrida Pre5G'ning laboratoriya sinovlarini tugallashdi.
Milliy mobil operatori mobil aloqa abonentlarining asosiy ehtiyojlariga alohida e'tibor qaratib, ZTE bilan hamkorlikda Telekommunikatsiyalar va personal rivoji markazida Pre5G laboratoriya sinovlarini tugalladi. Loyiha 4G tarmoqlarida 5G texnologiyalaridan foydalanishni o‘z ichiga olgan, 5G texnologiyalari standartlashuvi hozircha oxiriga yetmagan.
Bu - O‘zbekistondagi birinchi Pre5G testi. Loyiha operator tarmoqlarida tirbandlik bilan qanday ishlash kerakligini tushunishga yordam beradi. Sinovlar sohaning 4 × 4 MIMO, 256QAM va boshqa ilg‘or texnologiyalari agregatsiyasini qo‘llash orqali o‘tkazildi.
Sinovlar keng tarqalgan bazaviy stansiya multirejim radiomoduli asosida har bir foydalanuvchi uchun ma'lumotlarni yetkazish tezligi 1 Gbit/s ekanini ko‘rsatdi, bu 4G tarmoqlarining uzluksiz rivojlanish jarayonida ma'lumotlar uzatishni kuchaytirish talablariga to‘liq javob beradi.
UZMOBILE aloqa tarmoqlarining rivoji, shuningdek foydalanuvchi tajribasini takomillashtirish bilan faol shug‘ullanadi. Bu esa LTE'dan 5G tarmog‘igacha bo‘lgan evolyutsiyada muhim jihat hisoblanadi.
ZTE korporatsiyasi o‘z innovatsion ishlanmalari va 3GPP LTE-A PRO standartlarini uyg‘unlashtirib, 5G tarmoqlar konsepsiyasi joriy qilinishining tezlashishiga turtki beradi. Bu esa, o‘z o‘rnida, operatorga 4G tarmoqlarining bosqichma-bosqich evolyutsiyasini to‘rt yo‘nalishda amalga oshirish imkonini beradi: tarmoq, internet buyumlar (IoT)ni, foydalanuvchining yuqori tajribasi va bulut servislarni kengaytirish - shuning barobarida yo‘nalishni yangi biznes-modellar va xizmatlar doirasiga qaratish. Bu esa 5G tarmoqlariga o‘tish silliq kechishini kafolatlaydi.
Pre5G konsepsiyasi sohada yuqori e'tirofga sazovor bo‘ldi, uning Pre5G MIMO (Multiple Input Multiple Output) texnologiyasi esa bir necha nufuzli mukofotlarga loyiq ko‘rildi. ZTE rivojlanish dasturiga ko‘ra, Pre5G - 4G'dan 5G'ga o‘tishda muhim bosqich hisoblanadi.
UZMOBILE filialining texnik direktori S.Melnikovning so‘zlariga ko‘ra, UZMOBILE milliy operatori hozirda mavjud 2G/3G/4G texnologiyalarini targ‘ib qilish va mobil texnologiyalar sohasida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdan tashqari, telekommunikatsion jihozlarning ilg‘or ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda innovatsion qarorlarni amalga oshirish masalalarida ham faol ish olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

01:02 / 25.10.2024
Xitoyda 5G aloqa tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 1 milliarddan oshdi

21:39 / 10.03.2023
O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etish jarayoni boshlandi

10:39 / 06.10.2022
Toshkentda va barcha viloyat markazlarida beshinchi avlod 5G standartidagi stansiyalar o‘rnatiladi

23:20 / 04.01.2022