Xitoyda 1 milliarddan ortiq beşinçi avlod mobil aloqa foydalanuvçilari bor. Bu haqda China Mobile, China Unicom va China Telecom uçta asosiy aloqa operatlari hisobotida söz boradi.
XXR Sanoat va axborotlaştiriş vazirligi ma’lumotlariga köra, 2024 yil sentabr oyi holati böyiça Xitoyda 4 milliondan ortiq 5G bazaviy stansiyalari qurilgan. Beşinçi avlod aloqa tarmoği aholining 70 foizini qamrab olgan, öta tezkor gigabit simli internet foydalanuvçilari soni esa 196 million kişini taşkil etmoqda.
Yevropa Ittifoqi va XXR hamkorlikda beşinçi avlod mobil aloqasi tizimini yaratiş haqidagi şartnomani 2015 yilda imzolagan edi. Öşanda Xitoy bu loyihaga 315 milliard yevro ajratişi ma’lum bölgandi.
2019 yilda Berlin va Bonn şaharlarida beşinçi avlod mobil aloqa tarmoği, 2020 yilda esa Tibetda dunyodagi eng baland joylaşgan 5G standartidagi mobil aloqa stansiyasi işga tuşgandi. Uşbu stansiya dunyoning eng baland çöqqisi Everestni mobil aloqa bilan qoplaşni ta’minlaydi.
Özbekistonda esa 2023 yil mart oyidan mobil internet tezligini oşiriş va butun mamlakat böylab 5G texnologiyasini joriy etiş jarayoni boşlangan. Loyihaning birinçi bosqiçida 5G tarmoği bilan Toşkent şahrini tölaqonli qamrab oliş, şuningdek, viloyat markazlari qisman qamrab olinişi közda tutilgan. Işlar yakuniga yetgaç, respublika böylab 5G texnologiyasini joriy etişning keyingi bosqiçlari tahlil qilinadi.









