Sport | 21:20 / 28.11.2017
7055
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 o‘yinlariga 700 mingdan ortiq chipta sotildi

Foto: Vesti

Rossiyada o‘tkaziladigan JCh-2018 o‘yinlariga 742 mingdan ortiq chipta sotildi, deb xabar bermoqda FIFA matbuot xizmati.

Tashkilotning ta'kidlashicha, chiptalarning 53% rossiyaliklar tomonidan, 47% esa xorijliklar, asosan AQSh, Braziliya, Germaniya, Xitoy, Meksika, Isroil, Argentina, Avstraliya va Angliya muxlislari tomonidan xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 musobaqasida Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polsha, Misr, Islandiya, Serbiya, Fransiya, Portugaliya, Panama, Urugvay, Kolumbiya, Argentina, Marokash, Tunis, Senegal, Shveytsariya, Xorvatiya, Shvetsiya, Daniya, Avstraliya va Peru terma jamoalari ishtirok etadi.

Turnir Moskva, Peterburg, Kaliningrad, Samara, Yekaterinburg, Volgograd, Rostov-na-Donu, Qozon, Nijniy Novgorod, Sochi, Saransk shaharlarida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid