JCh-2018’ning eng qari va bo‘ydor terma jamoalari e'lon qilindi
CIES Football Observatory Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatiga chiqqan terma jamoalarning yoshlarini hisoblab chiqdi. Tadqiqot natijalari FIFA rasmiy saytida e'lon qilindi.
Tadqiqot natijalari terma jamoalarning jahon chempionati saralash bosqichidagi o‘yinlariga asosan hisoblangan.
Eng yoshi katta terma jamoa Panama bo‘ldi. Panama futbolchilarining o‘rta yoshi 29,4. Eng yosh terma jamoa deb Nigeriya topildi (24,9).
Musobaqaning amaldagi chempioni Germaniyada esa 25,7 yosh, Ispaniya 28, Braziliya 27,8.
Eng bo‘ydor jamoalar ro‘yxatini Serbiya boshqarmoqda. Jamoa o‘yinchilarining o‘rtacha balandligi 185,6 sm. Eng bo‘yi past jamoa deb Saudiya Arabistoni topildi (176,2).
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi
01:41 / 25.09.2018