Jahon | 19:45 / 29.11.2017
49462
2 daqiqa o‘qiladi

Haaga tribunalida o‘ziga hukm o‘qilganidan keyin zahar ichgan general vafot etdi

Bosniya xorvatlari generali Slobodan Pralyak Haaga tribunalida Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha apellyatsiyasi ko‘rib chiqilishi vaqtida o‘ziga o‘qilgan hukm o‘zgarishsiz qolganini bilganidan so‘ng zahar ichdi. Associated Press agentligi uning o‘limi haqida xabar tarqatdi.

Pralyak sud zalidan Haagadagi shifoxonalardan biriga olib borilgan, ammo uning jonini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

General 2013 yilda sobiq Yugoslaviyadagi fuqarolik urushi vaqtidagi harbiy jinoyatlarda ayblanib, 20 yil muddatga qamoqqa hukm qilingandi.

U sud hukmi o‘z kuchida qolganini bilganidan keyin o‘rnidan turgan va degan: «Men harbiy jinoyatchi emasman. Endi zahar yutaman». Shu joyda sud majlisi to‘xtatilgan va voqea joyiga tibbiyot xodimlari chaqirilgan.

General sudga tortilgan 6 nafar sobiq xorvat siyosiy va harbiy arboblaridan biri sanalardi. Ularning barchasi insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etish va urush qonunlarini buzishda ayblangan.

Ayblovchi tomon 1991 yil noyabridan 1994 yil apreligacha bu shaxslar Xorvatiya hududidan xorvat bo‘lmaganlarni yo‘q qilishga qaratilgan harakatlarni sodir etganini iddao qiladi. Ular shuningdek, boshqa millatlar vakillarini deportatsiya qilgan, noqonuniy ravishda hibsga olgan, mulklarini musodara qilgan, uylarni buzib, qotilliklar sodir etgan.

Mavzuga oid