Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya mudofaa vaziri: KXDRning yangi raketasi biologik va kimyoviy qurolni ham eltishi mumkin
Foto: EPA
Shimoliy Koreyaning yangi "Xvason-15" raketasi nafaqat yadro kallagi, balki biologik va kimyoviy qurolni ham belgilangan nishonga yetkaza oladi. Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onodera shunday bayonot berdi.
"Bizning fikrimizcha, Shimoliy Koreya raketasi faqat yadro kallagini emas, balki biologik va kimyoviy qurolni ham tashiy oladi", - degan vazir parlamentda chiqish qilar ekan. Uning qayd etishicha, mudofaa vazirligi atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi bilan birga mahalliy aholi uchun yadroviy, biologik yoki kimyoviy hujum ehtimoliga qarshi mashg‘ulotlar tashkil etadi.
KXDR 29 noyabr kuni yarim tunda yangi raketa sinovini o‘tkazdi. Raketa 1 ming km.ga yaqin masofaga parvoz qilib, Aomori prefekturasidan 250 km shimolga qulab tushgan. Uning parvoz balandligi 4 ming km.dan balandni tashkil etgan.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026