Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosniya musulmonlariga qarshi jinoyatlarda ayblangan sudlanuvchi Haagada hukm o‘qilgandan so‘ng zahar ichdi
Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro tribunal yig‘ilishida xorvat general Slobodan Pralyak appelyatsion instansiya hukmi e'lon qilingandan keyin zahar qabul qilganini ma'lum qildi. Sud Pralyakka nisbatan o‘qilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.
Pralyak o‘z chiqishi davomida qandaydir idishchadan nimadir ichdi, advokatining aytishicha, unda zahar bo‘lgan. Pralyakning hozirgi ahvoli haqida hech qanday xabarlar yo‘q.
29 noyabrda Haagada Pralyak va yana besh bosniyalik xorvatning arizasi ko‘rib chiqildi. Ularning harbiy jinoyatlari uchun hukm 2013 yilda o‘qilgan edi. O‘shanda Pralyakni 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilishgandi.
Pralyakning zahar ichgani haqidagi xabarlar appelyatsion instansiya bosniyalik xorvatlar yetakchisi Yadranko Prlichga nisbatan hukmni tasdiqlaganidan so‘ng tarqaldi - unga 25 yil berishgan. Shundan keyin eshituvlar to‘xtatildi.
Pralyak va Prlich 1991 yilda Yugoslaviya tanazzuli natijasida hosil bo‘lgan va tan olinmagan Gertseg-Bosniya Xorvat respublikasining yetakchilari bo‘lishgan. Ular Bosniya musulmonlariga qarshi harbiy jinoyatlarda aybdor deb topildi.
Mavzuga oid
14:01 / 17.12.2025
Haagada Ukrainaga reparatsiyalar bo‘yicha xalqaro organ tashkil etildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
19:16 / 22.04.2025
Maxsus tribunal 20 nafar rossiyalik amaldor ustidan tergovga tayyorgarlik ko‘rmoqda
15:30 / 01.10.2024