Litva hukumati Aleksandr Lukaşenko rejimi tomonidan belaruslarga qarşi sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş uçun materiallarni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokuroriga rasman topşirdi. Tegişli bayonot 30 sentabr, duşanba kuni Litva Adliya vazirligi saytida e’lon qilindi.
Hujjatda Belarus yetakçisi Aleksandr Lukaşenko va mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyatining boşqa vakillari «Belarus tinç aholisiga qarşi kampaniya ötkazayotgani, jumladan, bu özboşimçalik bilan hibsga oliş va ta’qib qiliş, qotillik, jinsiy zöravonlik, qiynoqlar, ğayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvçi munosabatni öz içiga olgani» aytiladi.
«2020 yil 1 maydan şu kungaça Belarusning yuqori martabali siyosatçilari va harbiy xizmatçilari körsatmasi bilan Belarus tinç aholisiga qarşi jinoyatlar, jumladan deportatsiya, ta’qib va boşqa ğayriinsoniy harakatlar sodir etilgan deb hisoblaş uçun asoslar mavjud», — deb ta’kidladi Vilnyus. Boltiqböyi mamlakati rasmiylari, şuningdek, uşbu jinoyatlarning elementlari Belarus rejimi tomonidan Litva hududida sodir etilganligini, buning natijasida bunday jinoyatlar XJS yurisdiksiyasiga kirişini ta’kidladi.
Bryussel Lukaşenko rejimi mahbuslarini ozod etişni talab qildi
25 sentabr kuni Belarusning Bryusseldagi elçixonasi oldida «Vyasna» inson huquqlari markazi asosçisi, tinçlik böyiça Nobel mukofoti sovrindori Ales Belyatskiyning tuğilgan kuni munosabati bilan Lukaşenko rejimi siyosiy mahbuslarini ozod qiliş uçun miting bölib ötdi. Namoyişda Yevroparlament deputatlari, Inson huquqlari böyiça hamkorlik taşkiloti (Libereco), Inson huquqlari böyiça xalqaro federatsiya (FIDH) vakillari va Belarus diasporasi vakillari iştirok etdi. Jami 30 ga yaqin kişi elçixona eşigi röparasidagi köçaga çiqdi, köpçilik qöllarida oq-qizil-oq bayroqlar, plakatlar va bannerlar kötarib oldi.
Namoyişçilar Belarus diplomatik missiyasiga murojaat qilib, Minskni Belyatskiy va boşqa barça siyosiy mahbuslarni zudlik bilan ozod qilişga çaqirişdi, ularning soni 1300 dan oşdi, petitsiyaga 82 mamlakatdan 82 ming kişi imzo çekdi. U Belarus rasmiylariga topşirildi.












