Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
Iyun oyida Haagada NATO sammiti o‘tkaziladi. AQSh tomoni unga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ham taklif qilinishiga qarshi chiqmoqda.

Foto: EPA
AQSh Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning 24 iyun kuni Haagada o‘tkaziladigan NATO sammitiga taklif qilinishiga qarshi. Bu haqda Italiyaning ANSA agentligi diplomatik manbalariga tayanib xabar berdi.
«Deyarli barcha ittifoqchilar Vashingtonning bu qaroridan hayratda ekanini bildirdi», — deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.
14 may kuni holatiga ko‘ra, sammitda ishtirok etish uchun alyans tarkibiga kirmaydigan faqat to‘rtta davlat — Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya taklif olgan.
Agentlikning qayd etishicha, Ukrainaning sammitda ishtirok etish masalasi hali yopilmagan, ushbu mavzu Antaliyada o‘tkaziladigan tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ko‘tarilishi mumkin.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, NATOning Haagadagi sammiti «oldingi uchrashuvlardan qisqaroq» bo‘ladi va unda Ukraina mavzusiga emas, balki harbiy xarajatlarning oshishi va harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni kuchaytirishga e’tibor qaratiladi.
Mavzuga oid

00:58
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi

21:58 / 14.07.2025
Yil boshidan beri urushda 100 ming rossiyalik askar halok bo‘ldi - NATO bosh kotibi

21:32 / 14.07.2025
Zelenskiy iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina bosh vaziri lavozimini taklif qildi

15:14 / 14.07.2025