Haagada Rossiyaning harbiy tajovuzidan jabr körgan Ukrainaga önlab milliard yevro miqdoridagi reparatsiyalar tölanişi haqida qarorlar qabul qiladigan xalqaro organ ta’sis etildi. Ukraina uçun da’volarni körib çiqiş böyiça Xalqaro komissiya (International Claims Commission for Ukraine)ni taşkil etiş Haagada seşanba, 16 dekabr kuni bölib ötgan konferensiyada ma’qullandi.

Unda Yevropa mamlakatlarining önlab yuqori lavozimli vakillari, jumladan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va YeIning taşqi siyosat va xavfsizlik böyiça oliy vakili Kaya Kallas iştirok etdi.

Zelenskiyning aytişiça, reparatsiyalar mexanizmini yaratiş “tinçlikka olib boradigan haqiqiy yöl”ning birinçi bosqiçidir. “Rossiyani kelişuv tuzişga majbur qilişning özi yetarli emas. Uni qotilliklarni töxtatişga majbur qilişning özi ham yetarli emas. Biz Rossiyani dunyoda qoidalar borligini tan olişga majbur qilişimiz kerak”, — deb ta’kidladi u.

Yangi taşkilot — reparatsiyalar tölaş böyiça istalgan summalardagi sörovlarni baholaydigan va ular yuzasidan qaror qabul qiladigan organ — Ukrainaga yetkazilgan zarar uçun kompensatsiya mexanizmining ikkinçi qismiga aylanadi. U Ukraina uçun Ziyonlar reyestri taşkil etilganidan keyin ta’sis etildi, bu reyestrga xususiy şaxslar yoki taşkilotlardan reparatsiyalar böyiça allaqaçon 80 mingdan ortiq ariza kelib tuşgan. Uçinçi qadam — kompensatsiya jamğarmasini taşkil etiş böladi.

Yangi xalqaro komissiya Yevropa Kengaşi doirasida taşkil etildi va Haagada joylaşadi, dedi Niderlandiya taşqi işlar vaziri David van Vil. “Javobgarlikka tortişsiz mojaro töliq hal etilmaydi. Javobgarlikning bir qismi esa — tegişli kompensatsiyalarni tölaşdir, — dedi van Vil jurnalistlarga. — Şuning uçun men bugun da’volarni körib çiqiş böyiça komissiyani taşkil etib, tegişli şartnomani imzolar ekanmiz, katta qadam qöyayotganimizga işonaman”.

Yevropa Kengaşi boş kotibi Alen Berse Haagada sözga çiqar ekan, tinçlik muzokaralariga javobgarlik, zararni qoplaş va Ukrainani qayta tiklaş masalalarini muhokama qilişni ham kiritişga çaqirdi.

Yevropa Kengaşi saytidagi bayonotda Berse taşkilot va uning hamkorlari ilk kundanoq Ukrainani Rossiyaning keng kölamli tajovuziga qarşi qarşilikda qöllab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladi. “Birgalikda işlar ekanmiz, adolatli va barqaror tinçlikka erişiş yölida Ukrainani qöllab-quvvatlaşga tayyor bölişimiz kerak. Ukraina uçun Ziyonlar reyestri va Ukraina uçun da’volarni körib çiqiş böyiça xalqaro komissiya Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi bilan boğliq kompensatsiya masalasi bilan şuğullanadigan yagona mustaqil xalqaro mexanizmlar böladi”, — dedi u.