Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xalqimiz oldida amaliy ishlarimiz bilan hisobot beradigan vaqt keldi». Prezident navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, departamentlar mudirlari, vazirlar, qo‘mita va kompaniyalar raislarining shaxsiy mas'uliyatini kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda prezident bugungi kunda ijtimoiy hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilayotganini qayd etib o‘tdi.
«Xalqimizning fidokorona mehnati bilan ijobiy samaralarga erishilmoqda. Shu bilan birga, aholini bezovta qilayotgan ko‘pgina muammo va kamchiliklar ham o‘z yechimini kutib turibdi. Odamlarimiz ertaga yoki uzoq kelajakda emas, balki bugun yaxshi yashashni, munosib hayot kechirishni istaydi. Shuning uchun biz olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirishimiz, ularning sifati va samaradorligini yanada oshirishimiz zarur», degan davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zida kun tartibidagi masalaga chuqur tahlil asosida tanqidiy yondashib, aksariyat rahbarlar tomonidan tartib-intizom va mas'uliyatning bo‘shashtirib yuborilgani, ular o‘z faoliyatini zamon talablari asosida tashkil eta olmayotgani, xizmat vazifasiga loqaydlik va beparvolik bilan munosabatda bo‘layotgani kabi holatlar umumiy natijadorlikka salbiy ta'sir ko‘rsatayotganini ta'kidladi.
«Mana, yaqinda ish faoliyatimizga bir yil to‘ladi, aholimiz, bizga katta umid va ishonch bildirgan xalqimiz oldida amaliy ishlarimiz bilan hisobot beradigan vaqt keldi. Ishga yangicha yondashish, oddiy odamlarning dardi va tashvishi bilan yashash, fidoyilik va jonkuyarlik ko‘rsatish ijro hokimiyatining barcha bo‘g‘indagi rahbar va mutasaddilari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi zarur», degan prezident.
Prezident oldinga qo‘yilgan, el-yurt kutayotgan natijalarga hali to‘la erisha olinmaganini ochiq tan olish kerakligini ta'kidlagan. Bu boradagi ishlarni faollashtirish, yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 27 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilingani ma'lum qilingan.
Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari, hukumat apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining samarali va natijali ishini ta'minlash, ularning shaxsiy mas'uliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi qayta shakllantirilib, yangi komplekslar va vazirlik tashkil etildi.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
18:01 / 06.09.2025