Loyihada qurilişda hajm va xarajatlarning asossiz oşirilişi yoki kamaytirilişiga çek qöyiş uçun loyiha-smeta hujjatlarini bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriş taklif etilgan. Birinçi bosqiçda test rejimida loyiha-smeta hujjatlari raqamlaştirilib, 1–2 ta obektda sinab köriladi. Sinov ijobiy yakunlansa, loyiha-smetadagi resurs narxlarini “Quriliş resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasidagi kodlar asosida avtomatik belgilaş amaliyotini sinaş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, test natijalari ijobiy bölgan taqdirda quriliş-montaj işlari böyiça bajarilgan işlar haqidagi hisobvaraq-fakturalar, loyihalarga kiritiladigan har qanday özgariş va qöşimçalar, obektning tasdiqlangan qiymatiga nisbatan oşiş körsatkiçlari obekt kesimida yagona identifikatsiya raqami bilan “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida aks ettirilişi nazarda tutilgan.
Loyihada pudrat va subpudratçilar örtasida tuziladigan şartnomalar hamda bajarilgan işlar töğrisidagi dalolatnomalarni (2-şakl) raqamlaştiriş, şu jumladan, hujjatlarda haqiqatdagi iş haqi fondini alohida körsatiş talabi ham belgilanmoqda.
Quriliş materiallari aylanmasini tartibga soliş maqsadida loyihalaştirişdan oldin “loyihalaştiriş topşiriği” tuziş, unda uskuna va materiallarga bölgan talablar röyxatini “Quriliş resurslari milliy klassifikatori” kodlari bilan birgalikda şakllantiriş taklif etilgan.
Qaror loyihasiga köra, quriliş işlari böyiça hisobotlar asoslovçi hujjatlar bilan birga “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimi orqali elektron şaklda taqdim etilişi şart böladi. Soliq organlariga esa uşbu ma’lumotlarni real vaqt rejimida nazorat qiliş huquqi berilişi mumkin.
Loyihada, şuningdek, quriliş materiallari işlab çiqariş hajmi va aylanmasi ustidan raqamli kuzatuv tizimini joriy etiş, mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalaş tizimiga integratsiya qiliş hamda importda MXIK kodlari orqali avtomatik identifikatsiya qiliş mexanizmlarini yölga qöyiş közda tutilgan.












