Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neft narxi muttasil qulashi fonida barcha OPeK+ uchrashuvini kutmoqda. Unda O‘zbekiston ham ishtirok etadi
AQShda kutilmaganda xom ashyo zaxiralari hajmi ortishi hamda OPeK+ uchrashuvi arafasidagi noma'lumlik fonida neft narxi qulashda davom etmoqda.
Bugun Brent toifasidagi neft narxi bir barreli uchun 63,16 dollarni tashkil etgan (0,71 foizlik pasayish).
WTI neftining bir barreli esa 57,70 dollarga baholanmoqda (0,50 foizlik pasayish).
Amerika neft instituti (API) ma'lumotlariga ko‘ra, AQShdagi neft zaxiralari hajmi 24 noyabr kuni 1,8 million barrelga o‘sdi va 457,3 million barrelga yetdi. Holbuki, prognozlarga ko‘ra, zaxiralar hajmi 2,3 million barrelga kamayishi kutilgandi.
Tahlilchilar bozor ayni vaqtda 30 noyabr kuni Avstriyaning Vena shahrida o‘tkaziladigan OPeK+ yig‘ilishini kutayotganini aytmoqda. Bu yiig‘ilishda OPeK tashkilotiga a'zo bo‘lmagan, shuningdek, neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvida ishtirok etmayotgan o‘nlab davlatlar ham ishtirok etadi. Yig‘ilish davomida kelishuv ishtirokchilari sonini oshirish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin.
«Turkmaniston, O‘zbekiston va Afrikaning bir qancha mamlakatlari — Chad, Kongo Respublikasi, Gana, Kot-d'Ivuar, Senegal, Misr va Uganda, shuningdek Boliviya ishtirok etadi», — deya ma'lumot bergan TASS manbasi.
OPeK va tashkilotga a'zo bo‘lmagan bir qancha davlatlar, jumladan Rossiya 2016 yilning dekabrida neft qazib olish hajmini kuniga 1,8 million barrelga qisqartirish bo‘yicha kelishib olgandi. Keyinroq bu kelishuv 2018 yilning martiga qadar uzaytirildi.
OPeK delegatlarining fikricha, ko‘p ehtimol bilan bu safargi yig‘ilishda ham bu kelishuv yana 9 oy muddatga uzaytiriladi.
Bundan avvalroq OPeK 2018 yilda jahonda neftga ehtiyoj ortishini prognoz qilgandi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
19:38 / 28.04.2026
BAA Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK va OPeK+) a’zoligidan chiqadi
08:17 / 20.03.2026