Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni cheklash bitimi bo‘yicha kelishuvga keldilar
Rossiya va Saudiya Arabistoni OPeKga kiradigan va kirmaydigan davlatlar tomondan neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha bitimni yanada rivojlantirish masalasida kelishuvga keldilar. Bu haqda Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Saudiya Arabistoni neft vaziri Xolid al Falih bilan uchrashuvdan keyin ma'lum qilgan.
“Bizda Saudiya Arabistoni energetika vaziri bilan vaziyatni umumiy tushunish bor, biz hozir aniq ssenariylarni muhokama qilmoqdamiz”, deb aytgan Novak, biroq muzokaralar tafsilotlarini va bitim qancha muddatga uzaytirilishi haqida hech narsa ma'lum qilmagan.
Novakning aytishicha, OPeKga kiradigan va kirmaydigan davlatlar 30 noyabrda bitimni uzaytirish bo‘yicha aniq yechimlarni qabul qilishlari mumkin.
OPeKga kiradigan va kirmaydigan davlatlar (OPeK+) neft qazib olishni cheklash bo‘yicha kelishuvlarni uzaytirishni muhokama qilmoqdalar. Hozirda kelishuvni uzaytirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan variantlar quyidagicha: 6 oy, 9 oy yoki bir yil.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
19:38 / 28.04.2026
BAA Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK va OPeK+) a’zoligidan chiqadi
08:17 / 20.03.2026