Jahon | 00:37 / 29.11.2017
22904
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya uchirgan raketaning tushgan taxminiy joyi ma'lum qilindi 

Foto: © AFP 2017 / Kazuhiro Nogi

Shimoliy Koreya 29 noyabrga o‘tar kechasi Pxenan-Namdo viloyatidagi Pxenson shahri yaqinidan sharqiy yo‘nalishda ballistik raketa uchirdi.  

Raketa uchirilganini Janubiy Koreya qurolli kuchlari tasdiqlagan. Ma'lum qilinishicha, raketa Yapon dengizidagi Yaponiyaning iqtisodiy hududiga tushgan bo‘lishi mumkin. 

Avvalroq yaponiyalik va amerikalik harbiylar Shimoliy Koreyada radiosignallar faollashganini qayd qilishgandi. Bu esa raketa uchirilishiga tayyorgarlik ko‘rish sifatida baholangan. 

 

Mavzuga oid