Afg‘oniston-Turkmaniston chegarasida IShIDga qarshi yirik amaliyot tayyorlanmoqda
Afg‘oniston shimolida yaqin bir necha kun ichida mahalliy kuchlar va amerikalik maxsus topshiriqli guruh ishtirokida IShID terrorchilik guruhi bilan kurash bo‘yicha maxsus amaliyot o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Afganistan.ru».
Afg‘onistondagi AQSh va NATO qurolli kuchlari qo‘mondoni general Jon Nikolson yirik amaliyot o‘tkazilishi istiqboli haqida yaqinda o‘tkazilgan matbuot anjumanida, Pentagon muxbirlari oldida sun'iy aloqa orqali chiqish qilib xabar berdi.
Amerika qo‘mondonligi rejalariga muvofiq, jangovar harakatlar Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgan Farob hamda Juzjon viloyatlarida o‘tkaziladi.
Biroq shunga qaramay, Nikolson IShIDning mamlakatda xalifalik tashkil etishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyat qozonmasligiga ishonishi, hamda jangovar amaliyotlar vaqtida guruh jiddiy yo‘qotishlarga uchrashi haqida ma'lum qildi.
«Biz ularni tashqi moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlov kanallaridan ancha uzib qo‘ydik, va ular o‘z yetakchilarini yangilash bo‘yicha mushkulliklarga duch kelishmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi general o‘z chiqishida.
«Qat'iy qo‘llab-quvvatlov» missiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Afg‘onistonga Iroq va Suriyadan IShID jangarilari olib o‘tilayotgani borasida aniq dalillarni olmagan, hamda Afg‘oniston Islom Respublikasidagi guruhda asosan kichik terrorchilik harakatlari, shuningdek, Pokistonning «Tolibon»i sobiq a'zolari jang qilmoqda.
Amerika harbiy qo‘mondonligi hisobotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda joriy yilning martidan beri IShIDga qarshi taxminan 1400 ta yer usti amaliyoti o‘tkazilgan va aviazarbalar berilgan. Shu bilan birga, 1600 dan ortiq jangari yo‘q qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov joriy yilning iyun oyida Afg‘onistonning shimoliy viloyatlariga tashrif buyurdi hamda Farob, Juzjon va Balx gubernatorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
17:22
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024