Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlindagi Olimpiya stadionida aqlbovar qilmas nikoh to‘yi o‘tkazish imkoniyati taqdim qilinadi
Berlinda o‘tadigan yengil atletika bo‘yicha 2018 yilgi Yevropa chempionati tashkilotchilari bo‘lg‘usi juftliklar uchun aksiya uyushtirishdi. Bu aksiya g‘oliblari chempionat o‘tkaziladigan Olimpiya stadionida 60 ming tomoshabin guvohligida nikoh to‘ylarini o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda musobaqaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, aksiyada g‘olib bo‘ladigan juftlik o‘z to‘yini 2018 yil 8 avgustda (08.08.2018) – chempionatning 2-kunida o‘tkazadi. Juftlikning nikohi stadion ibodatxonasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu aksiyada ishtirok etishning bir qator shartlari bor. Aktsiyada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar o‘z arizalarini 31 dekabrgacha belgilangan manzil bo‘yicha jo‘natishlari kerak bo‘ladi. Agar bir nechta ariza tanlab olinsa, unda g‘olib juftlik qur'a tashlash bilan aniqlanadi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.04.2026
Rizo Pahlaviy Berlinda hujumga uchradi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
12:49 / 30.01.2026