«Biz tayyormiz». Turkmaniston gaz bo‘yicha bayonot berdi
Turkmaniston davlat vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchisi - «Turkmangaz» davlat konserni raisi Mirat Archayev Ashxobodda chorshanba kuni o‘z davlati Yevropa va MDH mamlakatlariga tabiiy gazni yetkazib berishga tayyorligi haqida yana bir bor ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Praym» nashri.
U Energetik xartiya konferensiyasining 28-sessiyasida chiqish qilar ekan, Turkmanistonda shimoliy yo‘nalishda magistral gaz quvurlar tizimi borligi, u orqali Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlariga tabiiy gaz eksporti amalga oshirilganini ta'kidlab o‘tdi.
«Energetik xartiya kelishuvning asosiy prinsiplari qo‘llansa va tranzitchi-davlatlar bilan ma'lum kelishuvlarga erishilsa, ushbu gaz quvuri tizimi Turkmanistondan Yevropa hamda MDH davlatlariga tabiiy gaz yetkazib berish uchun foydalanilishi mumkin», - dedi Archayev.
«Turkmangaz» rahbari shu oyda ikkinchi marotaba Turkmaniston tomoni, ma'lum kelishuvlarga erishilsa, Yevropa va MDH davlatlariga tabiiy gaz yetkazib berishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Archayev birinchi marta bu haqda Ashxobodda shu oy boshida bo‘lib o‘tgan xalqaro neftgaz konferensiyasida aytib o‘tgandi.
Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha Rossiya, Eron va Qatar kabi davlatlar bilan birinchi to‘rtlikka kiradi. Uzoq vaqt davomida turkman gazini Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi sotib olgan. Biroq 2016 yildan narx bo‘yicha ziddiyat kelib chiqqanidan so‘ng Rossiya gaz giganti Turkmanistondan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi.
«Turkmangaz» Eronga tabiiy gaz eksportini 2017 yildan ancha jiddiy qisqartirishga majbur bo‘ldi, bu avval yetkazib berilgan hajmlarga to‘lov bo‘yicha yirik qarzdorlik summasi yig‘ilib qolgani tufayli ro‘y bergan. Turkmaniston tomoni 2 milliard dollarlik summa haqida ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
22:15 / 25.10.2024