Bresse dunyoning eng qimmat parrandasi
Fransiyaning sharqidagi mittigina shaharcha bir likopcha tovuq go‘shti yeyish uchun juda uzoqdek tuyulishi mumkin. Ammo bu shunga arziydi. Men Tournus shahridagi Michelin yulduzli Aux Terrasses restoraniga tabulehli arpa garniri bilan tortilgan qovurilgan tovuq go‘shtini piyozli qo‘ziqorin sousi bilan birga yeyish uchun ataylab keldim, deb yozadi CNN muxbiri.
Taom tovuqning to‘sh qismidan tayyorlangan bo‘lib, uning mazasi supermarketlardan xarid qilinganlaridan ming chandon farq qiladi. Oq go‘sht yumshoq ammo zich bo‘lib, jigarrang tusli terisi ostida yog‘dan mutlaq asar ham yo‘q.
Balki, mening ta'm sezish hislarim dunyodagi eng qimmat tovuq go‘shtini iste'mol qilayotganim uchun shunday mazani sezayotgandir. Chunki de Bresse tovuq go‘shtining bir kilogrammi Parijdagi do‘konlarda 40 yevro (48 dollar – 388 800 so‘m) turadi, deb yozadi jurnalist.
Bosh oshpaz Jean-Michel Carrette otasining biznesini 2005 yili boshqara boshladi. U restoranning Michelin yulduzini saqlab qolishning uddasidan chiqa oldi.
"Men Bresse tovuq go‘shtidan foydalanishni yaxshi ko‘raman, chunki mahalliy mahsulot sifati dunyoda eng yuqori o‘rinda turadi", deydi oshpaz ishonch bilan.
Bresse tovuq go‘shtlari Michelin oshpazlari, shuningdek, Fransiya davlat rahbarlarining ham sevgan mahsulotidir. Fransua Holland o‘z dasturxonida ushbu go‘sht bo‘lishini xush ko‘rgan, hozirgi prezident Emmanuel Makron ham ushbu parranda go‘shtidan tayyorlangan taomni yaxshi ko‘radi.
Tovuqlarning bu turi tarixiy Bresse mintaqasida yetishtiriladi. Fransiya bu parranda go‘shtining atigi 5 foizini eksport qilishi e'tiborga olinsa, uni Fransiyadan tashqi bozorda topish juda qiyin. Shuning uchun ushbu parranda go‘shtining ta'mini tatib ko‘rish uchun Fransiyaga borishga to‘g‘ri keladi.
19-asr oxirlarida ushbu parrandaning keng miqyosda boqilishiga tovuqning Fransiya bayrog‘i ranglarini takrorlashi sabab bo‘lgani taxmin qilinadi. Bresse de Bény turli parrandaning oyoqlari ko‘k rangda, tanasi oq patlar bilan qoplangan bo‘lsa, toji qizildir.
Hozirda, Bresse mintaqasida shu nomdagi tovuqlarni yetishtiruvchi 180 atrofida ferma mavjud. Louhans shahridan 7 km uzoqlikdagi The Laurency oilaviy fermasida yiliga 20,000 bosh Bresse tovug‘i yetishtiriladi.
Ularni yetishtirishda maxsus retsept orqali tayyorlanadigan ozuqadan foydalaniladi. 700 kg makkajo‘xori doniga 300 kg bug‘doy doni qo‘shiladi va 7 foizlik quritilgan sut bilan aralashtiriladi.
"Bu ozuqa proteinlarga unchalik ham boy bo‘lmagani sababli parrandalarga hasharotlar, chuvalchang va chig‘anoqlar, o‘tlar ham berilishi kerak". Tovuqlarning go‘shti esa, yetilgan vaqtida yog‘ga aylanishi lozim. Shundagina undan taom tayyorlash mumkin bo‘ladi.
Jo‘jalarning bir donasi bir kunlik vaqtida 2,40 dollardan sotiladi. Bresse tovuqlari asosan 4 oyligida taom uchun tayyor bo‘ladi. Biroq ularning eng qimmatlisi kastratsiya qilingan xo‘rozlardir.
Mavzuga oid
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024
Netflixʼning Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazildi
18:52 / 05.11.2024