Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda pasportini yo‘qotgan nukuslik ayol Qo‘ng‘irotda chegarani buzib o‘tdi
1984 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan, «Bayterek» MFYda istiqomat qiluvchi I.E ismli ayol ishlash uchun Qozog‘istonga yo‘l oladi.
«Erkin Qaraqalpaqstan» nashri yozishicha, u 2016 yilning iyul oyida Aqtau shahri bozorida fuqarolik pasportini yo‘qotib qo‘yadi. Pasportsiz bu ayol shu yilning fevralida tongi soat 04:00 lar atrofida tug‘ilgan yurtiga qaytish uchun, mavjud qonunlarni buzib, aylanma yo‘llar orqali Qozog‘iston Respublikasidan Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumaniga noqonuniy tarzda kirib kelgan.
Kodeksning tegishli modda va bo‘limlarida nazarda tutilgan jinoyatni amalga oshirishda ayblangan E.I sud tomonidan eng kam ish haqining 20 barobari miqdorida jarimaga tortildi.
Mavzuga oid
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026
Germaniya chegaradagi tekshiruvlarni yana yarim yilga uzaytirdi
07:25 / 19.01.2026
Yevropadagi eng uzun quruqlik chegaralari: infografika
07:41 / 11.12.2025