Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPeK neft qazib olishni qisqartirish kelishuvini uzaytirishga kelishib oldi
Foto: © AP Photo/Hasan Jamali
OPeKga kiruvchi davlatlar vazirlari 30 noyabrdagi yig‘ilishda neft qazib olishni qisqartirish kelishuvini 2018 yil oxirigacha uzaytirishga kelishib oldilar. Bu haqda Ummonning neft va gaz vaziri Muhammad bin Hamad ar-Rumhiy ma'lum qildi.
Vazir neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha majburiyatlardan ozod qilingan Liviya va Nigeriya uchun kvotalar o‘rnatilishi bo‘yicha aniqlik kiritmagan, biroq yig‘ilish oldidan u bu masala muhokama qilinishini aytgan.
Eron neft vaziri Bijon Nomdor Zangane OPeK neft qazib olishni qisqartirish kelishuvi shartlarini qayta ko‘rib chiqishni muhokama qilmaganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, Liviya va Nigeriya neft qazib olishni 2018 yilda kuniga 2,8 mln barrel miqdorida cheklashga rozi bo‘lgan.
OPeK vazirlari muzokaralari 6 soat davom etgan, so‘ngra kelishuvni uzaytirish masalasini muhokama qilishga kartelga kirmaydigan, biroq kelishuvda ishtirok etayotgan davlatlar vazirlari kirishishgan. Shuningdek, muzokaralarga yettita yangi davlat taklif qilingan.
Mavzuga oid
23:30 / 07.11.2025
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
20:44 / 07.04.2025