19:10 / 30.11.2017
34351

Video: Yemelyanenko Ramzan Qodirov bilan sparring o‘tkazdi

Rossiyalik yakkakurash jangchisi Aleksandr Yemelyanenko o‘z instagramida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan sparring o‘tkazgani haqidagi videoni joylashtirdi. Kichik Yemelyanenko chechenlar rahbari bilan boks qoidalari bo‘yicha «mushtlashgan».

«Hurmatli inson, Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov bilan boks bo‘yicha sparring», deya izoh yozgan u post ostiga.

Bundan avvalroq sambo bo‘yicha sobiq jahon chempioni hisoblanadigan Aleksandr Yemelyanenko «Axmat» klubi bilan bir necha jang o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Sportchi shu munosabat bilan ayni kunlarda Grozniyga tashrif buyurgan.

Mavzuga oid
Top