Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov 5 fevral kuni Rossiya va Ukraina örtasida ötkazilgan harbiy asirlar almaşinuvi çoğida 20 nafar çeçenistonlik vataniga qaytganini ma’lum qildi.
Qodirov öz telegram-kanalida yozişiça, uning jamoasi ançadan beri çeçenlarni qaytariş masalasi bilan şuğullanib kelgan. Çeçeniston rahbari bu masalada BAA prezidenti Şayx Muhammad ibn Zayd Ol Nahayon bilan gaplaşganini aytdi. Qodirov u bilan yanvar oyida, BAA prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkaziş uçun Moskvaga kelganida uçraşgandi.
«Umuman olganda, asirga olingan harbiy xizmatçilarni qaytariş böyiça tadbirlar biz tomonimizdan doimiy va tizimli ravişda olib borilmoqda», – dedi Qodirov. U öz jamoasi «bundan keyin ham rossiyalik harbiy xizmatçilarning uyga qaytişiga yordam beriş uçun qölidan kelgan barça işni qilişi»ni qöşimça qilgan.
«Agenstvo» ma’lumotiga köra, Ukraina asirligidan qaytarilganlar «Axmat-Çeçeniston» polkining 2024 yil avgustida Kursk oblasti hududida qölga olingan harbiy xizmatçilaridir. Asirlik çoğida bergan intervyularida ular ofitserlar taşlab ketişgani hamda jangsiz taslim bölişganini aytişgandi. Masalan, 36 yoşli harbiy xizmatçi Zaur Çaarov Ukraina qurolli kuçlarining Kursk oblastidagi hujumi boşlanganidan keyin «kombat va uning örinbosari, ştab boşliği örinbosari – tört-beş kişi darhol örmonga qoçib ketgani» haqida sözlab bergan.
Axmatçilardan yana biri Magomed Zaraxmatov 14 avgust kuni Sverdlikovo qişloğida asirga tuşganini aytgan: «Bizga yaqinlaşişdi, örab olişdi. Ixtiyoriy ravişda taslim böldik, qarşilik körsatmadik. [Qarşilik körsatiş] nega kerak?»
«Pervaya polosa» naşri qayd etişiça, ötgan yillarda Qodirov asirga tuşuvçi çeçenlarni tanqid qilgandi. Xususan, 2023 yil fevralida u «Grozniy-inform» naşriga «çeçenlar asir tuşmasligi»ni aytgandi. Öşa yil aprelida esa asirlikdan qaytib kelgan beş nafar çeçen bilan uçraşişdan boş tortgandi. «Men çeçen jangçisida asir tuşiş uçun heç qanday sabab bölmasligi kerak, deb hisoblayman», – degandi









