Dunyodagi ilk suzuvchi qishloq qurilishi haqida ma'lum qilindi
Singapurning Blue Frontiers startapi Taiti oroli janubida 300 kishilik suzuvchi qishloqni bunyod qiladi. Loyiha 60 million dollarga tushadi va uning qurilishiga 2020 yilda start beriladi. NBC shu haqida xabar berdi.
"Qishloq yanada yirik suzuvchi shaharlar qurilishiga kerak bo‘luvchi texnologiyalar uchun sinov stendi bo‘lib xizmat qiladi", - deydi San-Frantsiskodagi Seasteading Institute notijorat tashkilotining prezidenti Jo Kuirk. Institut kelgusida to‘liq masshtabli suzuvchi shaharlarni yaratishga umid qilmoqda.
Loyiha amalga oshiriladigan joyda suv chuqurligi 30 metrni tashkil qiladi. O‘zaro bog‘langan 12 paltformada 200-300 kishi yashashi rejalashtirilmoqda. Qishloqning umumiy maydoni taxminan 700 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Kuirkning aytishicha, ekoturizm va turli yangi "dengiz" sohalari (suv o‘simliklari fermasi va to‘lqinlar energiyasi)ga bo‘lgan qiziqishlar oshib borayotgani sabab suzuvchi qishloq gullab-yashnaydi.
"Bizning kvartiralarimiz, ilmiy-tadqiqot muassasalarimiz va hatto suv osti restoranimiz bo‘ladi, - deydi Kuirk. - Bu mustaqil turistik obida va bir vaqtning o‘zida kelgusi loyihalar rastasi bo‘ladi. Tasavvur qiling, yerto‘laga tushasiz va deraza oynalaridan dengiz hayotini tomosha qilasiz! Biz suzuvchi shaharlar ekologik barqaror bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqchimiz".
Loyiha me'mori Bart Roffenning aytishicha, suzuvchi hamjamiyatlar uchun zarur texnologiyalar tobora muhim ahamiyat kasb etib boradi, ayniqsa orollar va dengiz sathi oshish xavfi bo‘lgan qirg‘oq yaqinidagi hududlarda.
Mavzuga oid
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
09:21 / 25.07.2024