O‘zbekiston | 17:39 / 01.12.2017
6152
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar yig‘inlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ishtirok etadi

Foto: Norma.uz

2017 yil 8 sentabrdagi PF-5185-son Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini samarali amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi 940-son qarori bilan Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy hamkorlik o‘rnatadi:

•  hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
•  hududlarni obodonlashtirish, mahalla va XUMSh faoliyatidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish;
•  oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni o‘rganish va uning natijalariga ko‘ra aniqlangan muammolarni hal qilish yuzasidan ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
•  sog‘liqni saqlash, ta'lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish;
•  tadbirkorlik sub'yektlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
•  tomorqa yerlardan maqsadli foydalanish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish choralarini ko‘rish;
•  hududlarda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarni tashkil etish.

Hujjat 2017 yil 25 noyabrdan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid