Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy ShHT davlatlariga zamonaviy tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishni taklif qildi
Xitoy Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlariga zamonaviy chaqiriqlar va tahdidlarga qarshi birgalikdagi hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi. Bu haqda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan ma'lum qildi.
“Biz, shuningdek, kelgusi 3 yilga uchinchi kuchlarga qarshi kurashish uchun hamkorlik dasturini ishlab chiqishni hamda yirik tadbirlar xavfsizligini ta'minlash va xodimlarni tayyorlashda ma'lumot almashish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishni taklif qilmoqdamiz. Terrorchilikning barcha turlariga qarshi kurashish muhimdir. Bu barcha davlatlarimizning umumiy kelishuvidir”, deb aytdi Li Ketsyan ShHTga a'zo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishida.
U terrorchilar tomonidan solinayotgan tahdidlarga qarshi kurashish uchun samarali choralarning qabul qilinishi muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
Li Ketsyanning aytishicha, Xitoy chaqiriqlar va tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma markazni yaratishni taklif qilmoqda.
Mavzuga oid
22:18 / 18.07.2026
Xitoy - AJDARHO UYG‘ONDI | SUBYEKTIV
08:55 / 18.07.2026
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026