O‘zbekiston | 20:10 / 01.12.2017
5275
1 daqiqa o‘qiladi

Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda qanday asbob-uskunalardan foydalansa bo‘ladi?

Vazirlar Mahkamasining 24.11.2017 yildagi 941-son qarori bilan Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjatni qo‘llash sohasi quyidagi tarzda belgilandi:

Hujjat asbob-uskunalarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish va texnik hujjatlarga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek asbob-uskunalarning qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini baholashni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Reglamentga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini quyidagilar amalga oshiradi:

•  «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi;
•  Ichki ishlar vazirligi;
•  boshqa maxsus vakolatli davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida.

Hujjat 26.05.2018 yildan kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid