Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik jurnalistlar bilan yakuniy media-uchrashuv: ular hayratda qolishganini yashirishmadi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tashabbusi bilan yurtimizga kelgan Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari 18 nafar xodimlari o‘z tashriflarining uchinchi kunida yana Samarqand viloyatidagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi.
Uch kun mobaynida mehmonlar Samarqand va Buxorodagi osori atiqalar, muqaddas qadamjolarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi.
Samarqanddagi «Registon-plaza» mehmonxonasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan tashkillashtirilgan media-uchrashuvda xorijlik jurnalistlar bilan birgalikda ularning o‘zbekistonlik hamkasblari, tashqi ishlar vazirligi, diniy idora vakillari, Samarqand va Buxoro shahridagi xususiy sayyohlik firmalari, mehmonxona xo‘jaliklari ishtirok etishdi.
Anjumanda moderatorlik qilar ekan, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i asosida tashkillashtirilgan bunday uchrashuvlar kelgusida tez-tez o‘tkazilishi, yurtimizning ulkan turizm salohiyati, sohani rivojlantirish uchun qilinayotgan harakatlar, kelajakda rejalashtirilgan ishlar haqida gapirib berdi.
So‘z olgan Samarqand viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev xorijlik mehmonlarni ko‘hna Samarqand zaminida qutlar ekan, mehmondo‘st xalqimiz doimo xorijliklarga ochiq ekanligi, viloyatda turizmni rivojlantirish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha to‘xtalib, ikki qardosh xalq o‘rtasida barcha jabhalarda aloqalar mustahkamlanishiga ishoninishi aytib o‘tdi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Umid Husanov ham so‘zga chiqib, milliy aviakompaniya O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan va rejalashtirayotgan ishlar haqida qisqacha gapirib berdi.
Turkiyaning yurtimizdagi elchixonasi mas'ul xodimi Jyesim Chelebiy ham ish boshlaganiga olti oy bo‘lganiga qaramasdan, shu qisqa muddat ichida ikki tomonlama hamkorlik yuqori sur'atlarda rivojlanib borayotganini qayd etdi. O‘zbekiston va Turkiyaning sayyohlar almashinuvida hali ko‘p ishlar qilinishi kerakligini aytib o‘tildi. Zero, yil boshidan buyon O‘zbekistondan Turkiyaga yo‘l olgan fuqarolar soni 120 mingdan ortiq bo‘lgani holda, O‘zbekistonga kelgan Turkiya fuqarolari soni 22 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu raqamni millionlarga yetkazish kerak, dedi Chelibiy janoblari.
Samarqand viloyat imom xatibi Zayniddin Eshonqulov so‘zga chiqib, viloyatda ziyoratchilik turizmi salohiyatlari haqida gapirib, yangi bosmadan chiqarilgan «Samarqand ulamolari» kitobi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng yurtimizning turizm salohiyati haqida tayyorlangan reklama videoklipi qo‘yib berildi.
Anjuman nihoyasida so‘z olgan turkiyalik jurnalistlar yurtimizga sayohatdan nihoyatda hayratda ekanlarini bildirib o‘tishdi. (Ularning bu borada bildirib o‘tgan fikrlarini alohida maqolada o‘qiysiz).
Shuhrat Shokirjonov,
Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026